Bizni tavsiya etadilar
«Poisk» MChJ
«Poisk» MChJ mazkur maktubda «EKGServisXolding» YoAJ KGE-5 uchun ehtiyot qismlar yetkazib beruvchi doimiy hamkorimiz ekanini xabar qiladi.
Mazkur korxona mahsulotni o’z vaqtida va sifatli holatda yetkazib berish bo’yicha shartnoma majburiyatlarini to’liq bajaruvchi ishonchli hamkor sifatida o’zini ko’rsatdi, bu esa geografik joylashuvimiz va yuklarni yetkazib berish murakkabligi tufayli korxonamiz uchun muhim hisoblanadi.
Kompaniya qulay narxlari, masalalarni hal qilishda tezkorligi va yuqori malakaliligi bilan ajralib turadi.
Tashkilotimiz bundan buyon ham «EKGServisXolding» YoAJ bilan hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda.
«Pervaya Nerudnaya Kompaniya» OAJ
«Pervaya Nerudnaya Kompaniya» OAJ rahbariyati Rossiyaning turli mintaqalarida joylashgan «PNK» OAJ filiallari manziliga mashinasozlik mahsulotlarini yetkazib berish sohasida sifatli ish va tezkorlik uchun «EKGServisXolding» YoAJga o’z minnatdorchiligini bildiradi. Hamkorligimiz vaqtida « EKGServisXolding» YoAJ kompaniyasi o’zini ishonchli hamkor sifatida namoyon etib, yuqori sifatli xizmatlar ko’rsatdi.
Bundan buyon ham o’zaro samarali hamkorlik qilamiz degan umiddamiz.
«DANK» MChSh
Mazkur xabarda «EKGServisXolding» YoAJ KGE-5 ekskavatorlari uchun ehtiyot qismlar yetkazib beruvchi doimiy hamkorimiz ekanini ta’kidlaymiz.
Mazkur korxona mahsulotni o’z vaqtida va sifatli holatda yetkazib berish bo’yicha shartnoma majburiyatlarini to’liq bajaruvchi ishonchli hamkor sifatida o’zini ko’rsatdi.
Kompaniya qulay narxlari, turli masalalarni hal qilishda tezkorligi va yuqori malakaliligi bilan ajralib turadi.
Tashkilotimiz bundan buyon ham « EKGServisXolding» YoAJ hamkorlik qilishni rejalashtirgan.
«Serovskiy zavod ferrosplavov» OAJ
«Serovskiy zavod ferrosplavov» OAJ uzoq vaqt mobaynida «EKGServisXolding» YoAJ tomonidan yetkazib beriladigan ehtiyot qismlardan foydalaib kelgan. Kompaniya o’zini yaxshi tarafdan ko’rsatdi va biz korxonangiz bilan hamkorlik aloqalarini saqlab qolishni va davom ettirishni xohlaymiz.
«Pervenets» OAJ « EKGServisXolding» YoAJ
«Pervenets» OAJ « EKGServisXolding» YoAJ orqali kon qazuvchi gusenitsali ekskavator uchun kovsh va dasta yetkazib berishni buyurtma qilgan. Mahsulot muddatidan oldin yetkazib berildi va mahsulot sifatiga nisbatan da’vo bo’lmadi.
«Pervenets» OAJ bundan buyon ham hamkorlik qilshni rejalashtirgan.
«TVEL-INVEST» YoAJ
Mazkur xabarda kompaniyamiz 2004 yildan beri « EKGServisXolding» YoAJ bilan hamkorlik qilishini xabar qilamiz. Biz shartnoma majburiyatlarini bajarish tartibi, taklif etilgan narxlar, yetkazib berilgan mahsulot sifati va yuzaga kelgan masalalarni hal etishning tezkorligidan qanoat hosil qildik.
KGE-5 va maydalash uskunasi uchun ehtiyot qismlar yetkazib beruvchi sifatida «EKGServisXolding» YoAJni tavsiya qilish mumkin deb hisoblaymiz.
«SeverStal» OAJ
Mazkur xabarda shuni tasdiqlaymizki, korxonaning «Sifat menejmenti tizimi. Xaridlar. Yetkazib beruvchi kompaniyalarni baholash va rag’batlantirish» KST 14-105-SMT-7.4-01-2005 standarti asosida, shuningdek 2006 yilning ikkinchi choragida qabul qilingan shartnoma majburiyatlarini bajarganligi va avtomobil transporti uchun yetkazib berilgan ehtiyot qismlar tufayli Sizning korxonangiz «ishonchli hamkor» deb baholandi (u quyidagi mavjud to’rt toifa ichida birinchisidir: «ishonchli», «istiqbolli», «qoniqarli», «qoniqarsiz»).
«Yevrotur-TT» MChSh
Hurmatli Mixaylov,
KGE uchun ehtiyot qismlar yetkazib berish Shartnomasi orqali firmamiz ilk marotaba firmangiz bilan hamkorlik qila boshladi.
Mazkur maktubda men firmangiz bilan umumiy hamkorligimizdan faqat qoniqish hosil qilganimni qayd etmoqchi edim – talabnomani ko’rib chiqishda, tijorat taklifini berishda, Shartnoma tuzishda, tovarni jo’natishda firmangiz tartibga aniq rioya qildi, xayrixohlik qildi va ishonchli munosabatda bo’ldi.
Men barcha bajarilgan ishlar uchun Sizga va Siz orqali xodimlaringizga, ayniqsa Valitova Yevgeniya Rafailovichga minnatdorchilik bildirishni xohlardim.
Hamkorligimizni davom ettirish maqsadida bugun boshqa 2 ta (ikkita) talabnomani yuborayapmiz va kelgusida ham samarali hamkorlik qilishdan umidvormiz.
«Oskolskiy Elektrometallurgicheskiy Kombinat» OAJ
«Oskolskiy Elektrometallurgicheskiy Kombinat» OAJ mazkur xabarda Chelyabinsk shahridagi «EKGServisXolding» YoAJ 2004 yildan beri korxonamizning doimiy yetkazib beruvchisi ekanini ma’lum qiladi.
Shuni xolisona qayd etamizki, «EKGServisXolding» YoAJ quyidagi xususiyatlar bilan ajralib turadi:
- shartnoma majburiyatlarini sifatli bajarish;
- taklif etilayotgan narxlarning qulayligi;
- yetkazib beriladigan mahsulot sifatiga javobgarlik;
- yetkzazib berish muddatlariga rioya qilish;
- masalalarni tezlikda hal qilish.
RU
EN
KZ
UZ

