Контакты в Москве
+7(495) 646-15-92

Контакты в Кемерово
+7(3842) 670-669

Контакты в Челябинске
+7(351) 246-60-60
многоканальный телефон

KGE-5А

Kovsh sig’imi 5 m3 kon qazuvchi gusenitsali – to’liq buriladigan elektr karyer belkurakli KGE-5А ekskavatori (1-rasm) foydali qazilmalar va yuzi ochilgan jinslarni, shu jumladan, portlatib yumshatilgan og’ir toshli tog’ jinslarini transport vositalariga olish va ortishga mo’ljallangan.

Massasi 2t/m3 dan ortiq tog’ jinslari oldindan portlatib yumshatilishi kerak. Ekskavator -40 dan +40°С gacha bo’lgan mo’tadil iqlim sharoitiga, shuningdek dengiz sathidan 1000 m balandlikdagi tropik iqlimga mo’ljallangan.

KGE-5А ekskavatori quyidagi asosiy qismlardan iborat: burilish qismi, u burilish platformasida joylashgan mexanizmlar va ish uskunasi, yurar arava, g’ildirakli va gusenitsali zanjirlarga ega ikkita gusenitsali romlar, yurar mexanizm, tishli toj, g’ildirkli aylanmadan iborat.

Platformadagi barcha mexanizmlar kuzov bilan yopilgan. Platformadagi mexanizmlarni remont va montaj qilishda qulaylik yaratish maqsadida kuzov tomi qo’shilgan panelga ega.

Ekskavatorning asosiy agregatlari va uzellari joylashuvi montaj, demontaj va remont ishlarini olib borish uchun ulardan erkin foydalanish imkonini beradi. KGE-5А ekskavatori mexanizmlari va ehtiyot qismlarining ko’pchiligi blokli konstruksiyaga ega va o’zara almashadi, bu esa remontoldi agregat-uzel metodini qo’llash imkonini beradi.

KGE-5А ekskavatori «Uralmash» zavodida avval ishlab chiqarilgan KGE-4.6B, KGE-4,6А, KGE-4,6." vodellarining modifikatsiyasi hisoblanadi. Shu tufayli ko’rsatilgan ekskavatorlarning ko’pchilik uzellari va detallaridan KGE-5А ekskavatorini remont qilishda foydalanish mumkin.

Parametrlar

KGE-5А

Asosiy kovsh sig’imi, m3

5,2

Almashinuvchi kovshlar sig’imi, m3

3,2; 4,6; 6,3; 7

A – Eng katta kovlab olish radiusi, m

14,5

B – Turaverib kovlab olish radiusi, m

9,04

C – Eng katta kovlab olish balandligi, m

10,3

D – Eng ko’p yuklash radiusi, m

12,65

E – Eng ko’p yuklash balandligi, m

6,7

F – Dum qismi radiusi, m

6,7

G – Burilish platformasi ostidagi deraza yoki eshik o’rni, m

1,89

H – Gusenitsali g’ildirak uzunligi, m

5,83

Gusenitsali tasma kenglihi, mm

900/1100/1400

Siljishda tuproqqa tushadigan o’rtacha bosim, kgs/sm2

2,1/1,72/1,3

Siljishda tuproqqa tushadigan o’rtacha bosim, kPa

205/162/127

Kovsh ilgagidagi eng ko’p kuchlanish, kN

 

900 burchakda siklning davom etishi, s

23

Eng kata ko’tarilish burchagi, gradus

0,2(12)

Gorizontal maydoncha bo’yicha harakatlanish tezligi, km/soat

0,55

Tarmoq ta’minlanuvchisi kuchi, kV

3; 3,3; 6; 6,6

Elektr uzatma tipi

M-K b/n G-D*

Tarmoq dvigateli quvvati, kVt (transformator, kVA)

250

Ish massasi, t

196

 
1 Umumiy qoidalar

1.1. KGE-5А ekskavatorlari og’iryukli va yirik gabaritli yuklarga kiradi.

1.2. KGE-5А ekskavatorlarini maxsus avtotransport vositalarida yoki temir yo’l transportlarida tashish mumkin.

1.3. KGE 5 ekskavatorini tashiyotganda ish uskunasini yechish va ikki oyoqli tirgakni qismlarga ajratish kerak.

2 Ekskavatorni transport vositasiga yuklash. Ekskavator bog’ichi.

2.1. Yuk ortiladigan/yukdan bo’shatiladigan maydon o’nqir-cho’nqir bo’lmay, balki tep-tekis bo’lishi kerak. Qishda yuk ortiladigan joy maydon yuzasiga qum yoki shlak qatlami sepilishi kerak.                                                            

2.2. Yuk ortiladigan joyda (8-rasm) tekislangan grunt yoki metall dastalar bilan mustahkamlangan to’sindan tayyorlangan apparellar (chiqish yo’llari) o’rnatilgan bo’lishi kerak. Ekskavator kirish qismining qarama-qarshi tarafida apparellarni o’rnatishning imkoni yo’q bo’lsa, gruntdan yasalgan ehtiyot ko’tarmasi yoki to’sin va brusdan yasalgan tirgak o’rnatishga ruxsat etiladi. Apparel kengligi gusenitsa aravachasidan 2—3 m kengroq bo’lishi kerak, qiyaligi esa kamida 6—8° bo’lishi kerak.

2.3.  Ekskavatorni transportga ortganda temir yo’l qiyaligi 12° dan ortmasligi kerak.

2.4. Yuk ortiladigan maydonlar ulama bandlar bilan jihozlanadi.

2.5. Ekskavatorni ortishdan avval u kir, qor va muzdan tozalanadi.                 

2.6. Ekskavatorni mustahkamlash uchun cho’zg’ich, tirgagich va yorgich, qistirmadan foydalandiladi.

2.7. Arqonlar sim, metall tayoqcha, tasma, po’lat arqon kabilardan yasalgan bo’lishi mumkin.

2.8.  DS   3282—74, DS 14085—79, DS 2590—71 muvofiq yukni mustahkamlash uchun ishlatiladigan sim diametri kamida 4 mm bo’lishi kerak.

2.9. Sim diametri, har bir arqondagi ip soni va yukni mustahkamlaydigan arqonlar soni uning massasiga qarab 3.1-jadval ma’lumotlari bo’yicha qabul qilinadi.

2.10. Tirgagich, yorgichlar va simlar III navdan kam bo’lmagan binokorlik materallaridan, turli metallardan tayyorlanadi (DS 8486—66, DS 2695— 71).

3.1-jadval

Yuk massasi, t

Sim diametri, mm

Iplar soni

Arqonlar soni

20-30

6

5

6

30-40

6

6

6

40-50

6

7

8

50 dan ortiq

6

8

8

 

8-rasm. Ekskavatorni transport vositasiga yuklash.

3 Ekskavatorni avtotransport vositalarida tashish.

3.1.  Yukli yoki yuksiz avtotransport vositasi:

а) agar quyidagi hajmlardan hech bo’lmasa biridan ortsa, ekskavator yirik gabaritli hisoblanadi: kengligi — 2,5 m; balandligi — yo’l sathidan 3,8 m; uzunligi — prisepli avtopoezd uchun 20 m;

b)  agar massasi bo’yicha uning parametrlari

3.2-jadvalda keltirilgan o’lchamdan oshsa, og’ir hisoblanadi. Qismlarga ajratib yoki ajratmay ekskavatorlarni avtotransport vositalarida remont zavodlariga tashuvchi korxonalar o’z shartlariga nisbatan qo’llanadigan yirik gabaritli va og’ir yukli tashishni tashkillashtirish bo’yicha vaqtinchalik ko’rsatmalarni (qo’llanmalarni) ishlab chiqishlari kerak.

3.2-jadval

Tutash o’qlar o’rtasidagi masofa, m

O’q yuki, tk

А-guruhi

В-guruhi

2.5 va undan ortiq

10.0

6.0

SV 1.39 dan 2.50 gacha

9.0

5.5

SV 1.25 dan 1.39 gacha

8.0

5.0

1.0 dan 1.25 gacha

7.0

4.5

 

3.3. Ko’rsatmalar «Yo’l harakati qoidalari» 2-bandi va «Yirik gabaritli va og’ir yukli avtomobil transporti» 186-bandi talablariga muvofiq ishlab chiqilishi kerak (М., 1977).

3.4. Ko’rsatmalarda umumiy yo’llar, shuningdek idora, zavod va ichki maydon yo’llari orqali gabaritsiz va og’ir yuklarni tashishni muvofiqlashtirish va yuklash masalalari aks etishi kerak.

3.5. Ekskavator qat’iy tasdiqlangan yo’nalish bo’yicha tashilishi kerak.

3.6. Ekskavatorni tashishdan oldin harakatlanish trassasi puxta tekshiriladi, yo’l uchastkalari plani tuziladi, o’nqir-cho’nqir joylar, o’ralar, do’nglar tuzatiladi.

3.7. Trassa balandlashishi va pasayishi 8°dan oshmasligi kerak, botqoq, ko’prik va boshqa sun’iy inshootlar ustidan o’tmasligi kerak. Boshqa yo’nalish orqali o’tish yoki yukni qismlarga bo’lish imkonsiz bo’lsa, sun’iy inshootlarni kuchaytirish bo’yicha ish olib boriladi.

Tashiladigan yo’nalishlar yo’l xo’jaliklarini xabardor qiluvchi tashkilotlar bilan albatta muvofiqlashtiriladi.

3.8. Kelishilgandan keyin va yo’l xizmati vakillari ishtirokida Vazirlikka qarashli temir yo’llar orqali ekskavatorlar tashishga ruxsat etiladi.                        

3.9. Yo’l shartlari va tashiladigan yuk massasiga qarab harakatlanishning yo’l qo’yilgan tezligi belgilanadi.

3.10. Yukning bir qismi avtotransport vositasining oldi yoki orqasidan 1 metrdan ko’proq ortib qolsa yoki oldi yoki orqasining tashqi chegarasidan 0,4 metrdan ko’proq ortib qolsa, yuk kunduz kuni signal bayroqchasi bilan, tunda signal fonorlari bilan belgilanishi kerak.

3.11. Elektr tarmog’i xizmati vakillari ishtirokida va maxsus mashina yordamida elektr uzatgich liniyalari ostidan 4,5 metrdan ortiq balandlikda yuk tashishga ruxsat etiladi.

3.12. Elektr liniyalari simlari ostidan harakatlanayotganda tashilayotgan ekskavatorning yuqori nuqtasi va pastki sim o’rtasidagi vertikal bo’yicha masofa 3.3-jadvalda keltirilgandan kam bo’lmasligi kerak.

3.3-jadval

Elektr yetkazib beruvchi liniya kuchi, V

250 gacha

250-6000

25000-110000

154000 gacha

220000 gacha

Vertikal bo’yicha masofa, m

1

2

2.5

2.5

2.5

 

3.13.  Qish faslida ekskavatorni tashiyotganda muzlagan uchastkalarga qum yoki shlak sepilishi kerak.

3.14. Ekskavator tashilayotgan vaqtda hamroh mashina ajratilishi kerak, u masofa va yo’nalishga qarab, o’t o’chirgich, qum qutilari, buksir arqonlari, dielektrik shtangalar (osilib turgan simlarni ko’tarish uchun), boshmoqlar va boshqa inventar va uskunalar bilan jihozlanishi kerak. 

3.15.  Tavsiya etilgan avtotransport vositalarining texnik xususiyatlari 3.4-jadvalda keltirilgan.

3.4-jadval

Texnik ma’lumotlar

Prisep tipi

ChMZAP 5530

ChMZLP Z-8388

Qancha yuk ko’tara olishi, tk

120

150

Prisep massasi, kg

48000

26500

Prisepning to’liq massasi, kg

168000

176500

Platformaning gabaritli hajmlari, uzunligi m

9,0

9,7

Platformaning gabaritli hajmlari, kengligi m

3,25

3,35

To’liq yuk bilan harakatlanishning maksimal tezligi, km/s

8

5

Shatakchining tavsiya etilgan modeli

KZKT -537L


3.16. Ekskavatorning avtotransportda joylashuvi 3.2-rasmda keltirilgan.

 

6-rasm. Ekskavatorning avtotransportda joylashuvi

4 Ekskavatorni temir yo’l orqali tashish.

4.1. Ekskavator temir yo’l orqali 180—220 tk og’ir yuk ortiladigan transportyorlarda tashiladi.                  

4.2. Ortilgan yuk bir yoki ikki tarafidan 3,95 m, balandligi bo’yicha rels golovkasidan 5,3 m ortib qolsa, u yuk nogabarit yuk тм

 hisoblanadi.

4.3. «Nogabaritli va transportyorga ortilgan yuklarni tashishga doir ko’rsatma»ga muvofiq yukning nogabaritliligi darajasi belgilanadi.

4.4.  Ekskavatorlarni transportyorda tashiyotganda har bir jo’natmaga «Nogabaritli va transportyorga ortilgan yuklarni tashishga doir ko’rsatma»ga muvofiq ruxsat rasmiylashtiriladi.

4:5. Yuk ortilgan transportyor yuradigan temir yo’llari teshik, yoriq va boshqa nuqsonlardan xoli bo’lishi kerak.

4.6. Ekskavatorni tashishdan oldin yo’l harakati xodimlarini jalb etgan holda yo’nalish tekshiriladi.

4.7. Ekaskavatorni ulanish koeffitsienti keskin pasayadigan temir yo’llar orqali tashishga ruxsat etilmaydi (katok bostirilmagan temir yo’llar, iflos bo’lgan relslar, yaxvonlik va b.).

4.8. Ekskavatorlarni transportyorda tashiyotganda yuk xavfsizligi uchun yukning amaldagi va hisoblab chiqilgan shakliga mos keladigan romli vagonni poezd tarkibiga qo’shish zarur.

4.9. Yuk chizmalari, mustahkamlik hisob-kitoblari, mustahkamlangan yuk sxemasi Yo’l harakati xizmatiga yuboriladi va XYV Bosh boshqarmasida tasdiqlanadi va muvofiqlashtiriladi.

4.10. Tavsiya etilgan temir yo’l transportyorlarining texnik xususiyatlari 3.5-jadvalda keltirilgan.

4.11. Transportyorda ekskavator joylashuvi 7-rasmda ko’rsatilgan.

3.5-jadval

Transport tipi

Yuk ko’tarish qobiliyati, tk

Таrа.t

Yuk ortiladigan maydon hajmlari, m

uzunligi

kengligi

16-o’qli ulangan

220

120

8.85

2.40

16-oqli platforma tipi

220

116

8.5

2.27

16-o’qli platforma tipi

180

103

8.40

2.64

12-o’qli

150

107.5

7.31

2.48

 

7-rasm. Ekskavatorning transportda joylashuvi

Заказ обратного звонка