Kon qazuvchi gusenitsali ekskavatorlar
KGE abbreviaturasi quyidagicha rasshifrovka qilinadi: K – kon qazuvchi, G – gusenitsali, E - ekskavator. Keyingi raqam (masalan, KGE 5) kovshning bir kub metrdagi sig’imini anglatadi. Harfli keyingi raqam modernizatsiya variantini ko’rsatadi (masalan, U – yuqoriga yuklash uchun uzun uskunaga ega ekskavator), shuningdek ishlab chiqaruvchi kodini anglatishi mumkin (N - Novokramatorskiy Mashinastroitelniy Zavod).
KG ekskavatorlar transport vositalariga yuklash yoki foydali qazilmalarni va yuzi ochilgan jinslarni ag’darib haydash uchun mo’ljallangan.
KG ekskavatorlar qora va rangli metallurgiyada, ko’mirchilikda, qurilish materiallari sanoatidagi ochiq tog’ qazishmalarida, shuningdek sanoat qurillishida katta hajmdagi yer ishlarini bajarish uchun ishlatiladi.
Kon qazuvchi gusenitsali ekskavatorlarni boshqarish va ularga xizmat ko’rsatish qulay.
«Uralmash» AJ tomonidan ishlab chiqarilgan kovsh sig’imi 4-5.2 kub metrli KGE 5A ekskavatorlari eng keng ommalashdi. «Ijorskie zavodi» AJ KGE 8I bazasida ishlab chiqarilgan ekskavatorlar keyingi o’rinda turadi.
Sobiq MDH hududida shunday mashinalar ishlab chiqariladigan 5 ta ishlab chiqarish maydonlari mavjud.
RU
EN
KZ
UZ
